Audioguía Toshkent botanika bog‘ida Shimoliy Amerikaning dendroflorasi
2 sights
- Resumen de audiotour
-
Resumen de audiotour
Update Required To play the media you will need to either update your browser to a recent version or update your Flash plugin.Shimoliy Amerika o‘simliklari bo‘lgan botanika bog‘ining ushbu qismi birinchilardan: 1950-yilning kuzida bunyod etilgan.
Botanika bog‘idagi Shimoliy Amerika o‘simliklari asosan delektus almashinuvi natijasida olingan urug‘lardan o‘stirilgan. Delektus almashinuvi – bu o‘simlik urug‘lari almashinuvi va botanika bog‘i kolleksiyasini to‘ldirish usullaridan biri. Delektus – bepul ilmiy almashinuv uchun urug‘lar katalogi. Agar siz delektus orqali bog‘ingiz uchun urug‘lar olishni istasangiz, afsuski, buning iloji yo‘q. Ushbu katalog jismoniy shaxslar yoki tijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilmaydi. Delektus har yili nashr etiladi va yangilanadi hamda butun dunyo bo‘ylab botanika bog‘lariga tarqatiladi. Botanika bog‘i xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan urug‘larini maxsus blank – dezideratni (lotinchadan desiderata – xohish predmeti) to‘ldirish orqali buyurtma qilishadi. Buyurtma qilingan urug‘lar konvertlarda pochta orqali yetib keladi.
Kolleksiyada Fyodor Nikolayevich Rusanovning o‘zi AQShdan urug‘ yoki vegetativ qismlar shaklida olib kelgan o‘simliklar ham bor. Aksariyat turlar sharqiy shtatlardan keltirilgan.
Botanika bog‘ining Shimoliy Amerika qismi dendroflorasi materikning keskin kontinental iqlimida shakllangan. Bu o‘zining keskin kontinental iqlimi bo‘lgan O‘zbekistonda shahar ko‘chatlari va daraxtzorlarda aynan Shimoliy Amerika turlarining ustunligini tushuntiradi.
Aprel oyining boshida, dendrobog‘ning boshqa qismlari yashil tusga kirgan va hatto qisman gullaganida, Amerika hududi bahorgi vegetatsiyada kechikishi bilan ajablantiradi. Dekorativlik nuqtai nazaridan salbiy hisoblagan bu hodisa asosli: buning natijasida o‘simliklar kech bahor sovuqlaridan qochadi.
- 1 Xushboʻy hidli archalar
- 2 Virgin archasi
- 3 Oddiy archa
- 4 “Tizza”si bor daraxt – botqoq sarvisi
- 5 Ko‘llar bezagi va “alligator shlyapasi” – xushbo‘y suv nilufari
- 6 Amorfaning munosib baholanmagan go‘zalligi
- 7 Limon o‘rniga – totim
- 8 Chinorlar – po‘stlog‘ini tashlaydigan uzoq umr ko‘ruvchilar
- 9 “Suyuq balzam” – likvidambar
- 10 Ehtiyot bo‘ling, zaharli lakonos!
- 11 O‘tkir hidli buta kalikant
- 12 Maklyura – mastodontlar uchun apelsinlar
-
Resumen de audiotour
Update Required To play the media you will need to either update your browser to a recent version or update your Flash plugin.Shimoliy Amerika o‘simliklari bo‘lgan botanika bog‘ining ushbu qismi birinchilardan: 1950-yilning kuzida bunyod etilgan.
Botanika bog‘idagi Shimoliy Amerika o‘simliklari asosan delektus almashinuvi natijasida olingan urug‘lardan o‘stirilgan. Delektus almashinuvi – bu o‘simlik urug‘lari almashinuvi va botanika bog‘i kolleksiyasini to‘ldirish usullaridan biri. Delektus – bepul ilmiy almashinuv uchun urug‘lar katalogi. Agar siz delektus orqali bog‘ingiz uchun urug‘lar olishni istasangiz, afsuski, buning iloji yo‘q. Ushbu katalog jismoniy shaxslar yoki tijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilmaydi. Delektus har yili nashr etiladi va yangilanadi hamda butun dunyo bo‘ylab botanika bog‘lariga tarqatiladi. Botanika bog‘i xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan urug‘larini maxsus blank – dezideratni (lotinchadan desiderata – xohish predmeti) to‘ldirish orqali buyurtma qilishadi. Buyurtma qilingan urug‘lar konvertlarda pochta orqali yetib keladi.
Kolleksiyada Fyodor Nikolayevich Rusanovning o‘zi AQShdan urug‘ yoki vegetativ qismlar shaklida olib kelgan o‘simliklar ham bor. Aksariyat turlar sharqiy shtatlardan keltirilgan.
Botanika bog‘ining Shimoliy Amerika qismi dendroflorasi materikning keskin kontinental iqlimida shakllangan. Bu o‘zining keskin kontinental iqlimi bo‘lgan O‘zbekistonda shahar ko‘chatlari va daraxtzorlarda aynan Shimoliy Amerika turlarining ustunligini tushuntiradi.
Aprel oyining boshida, dendrobog‘ning boshqa qismlari yashil tusga kirgan va hatto qisman gullaganida, Amerika hududi bahorgi vegetatsiyada kechikishi bilan ajablantiradi. Dekorativlik nuqtai nazaridan salbiy hisoblagan bu hodisa asosli: buning natijasida o‘simliklar kech bahor sovuqlaridan qochadi.
Reseñas
Descargue la app gratuita de izi.TRAVEL
¡Cree sus propias audioguías!
La utilización del sistema y la app de guía para móvil es gratuita
